1

Bugun O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayganlar bo`yicha rekord ko`rsatkich qayd etildi

Salomatlik 08.05.2020, 20:16
Bugun O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayganlar bo`yicha rekord ko`rsatkich qayd etildi

Bugun yurtimizda 119 nafar bemor tuzalib, oldingi kunlarga nisbatan rekord ko`rsatkich qayd etildi. Bu haqda SSV xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha jami sog`ayganlar 1775 nafarga etgan.

Ayni soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 6 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasini enggan yurtdoshlarimizga reabilitasiyaga ruhsat berildi.

Shu bilan Toshkent shahrida to`liq sog`ayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga etdi.

Bugun jami 119 nafar bemor tuzalib, yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar sog`ayishni boshlagan kundan buyon o`tgan vaqt ichida eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1775 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2324 nafarni tashkil qilib, sog`aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 539 nafar bemor davolanmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1