AsosiyJinoyat

Surxondaryoda “Captiva” va traktor ishtirokidagi to`qnashuvda 13 yoshli bola halok bo`ldi

 2020 yilning 3 may kuni Qumqo`rg`on tumani Arslonboyli mahallasidan o`tuvchi avtomob...

'Surxondaryoda  “Captiva” va traktor ishtirokidagi to`qnashuvda 13 yoshli bola halok bo`ldi'ning rasmi

 2020 yilning 3 may kuni Qumqo`rg`on tumani Arslonboyli mahallasidan o`tuvchi avtomobil yo`lining 4-kilometrida 73 yoshli fuqaro B.Sh., “Captiva” rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida YTH sodir etgan. Buning sababi haydovchi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgani sabab bo`lgan. Yo`lning qarshi tarafiga chiqib ketgan "Captiva" oldidan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.,ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktor bilan to`qnashib ketgan. Bu haqda yhxbb.uz ma`lum qildi.

Oqibatda "T-28” rusumli Traktor yo`lovchisi voyaga etmagan 7-sinf o`quvchisi 13 yoshli Sh.J., tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J., 7 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar