Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bergan ma`lumotga ko`ra, koronavirusdan zararlangan 7 nafar bemorning ahvoli og`irlashgan.
– O`zbekistonda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus bilan 2387 fuqaro ro`yxatga olingan. Kasallanganlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 9 may kuni yana 71 fuqaro to`liq sog`aygan va reabilitasiya markazlariga o`tkazilgan. Ayni paytga qadar 1846 nafar, ya`ni 79 foiz bemor to`liq sog`aygan. Sog`liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, shifoxonalarda davolanayotgan 531 bemordan 7 nafarining ahvoli og`ir, 5 nafarida ijobiy o`zgarishlar kuzatilyapti, - deydi Respublika bosh davlat sanitariya inspektori.
Ta`kidlanishicha, hozirgi vaqtda 42 mingdan ortiqroq fuqaro karantinda bo`lib turibdi.