Andijonda fuqaroning avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib bermoqchi bo`lgan mansabdor ushlandi

Jinoyat 11.05.2020, 11:00
Andijonda fuqaroning avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib bermoqchi bo`lgan mansabdor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo`limi tomonidan fuqaro K.K.ning murojaatiga asosan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyat transport boshqarmasi bo`limi boshlig`i M.A.fuqaro K.ning maxsus ruxsatnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko`rsatib kelayotganligi holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Darkchiga ma`lum qilgan. 

Gap shundaki,  jarima maydonchasiga qo`yilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish hamda holat yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 1 mln. so`mni fuqaro M.Sh. orqali pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1