1974 yilda Xalqaro hamshiralar kengashi tashabbusi bilan hamshira sohasi asoschilaridan biri Florens Naytingeyl tavallud kuni munosabati bilan 12 may sanasi “Xalqaro hamshiralar kuni” sifatida yil taqvimiga muhrlangan.
Ushbu tarixiy kun munosabati bilan har yili dunyoning ko`plab davlatlarida ma`lum mavzu asosida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu sana Serbiyada “Armiya kuni”, Lugansk Xalq Respublikasida “Mustaqillik kuni”, Rossiyada “Ekologiya ta`limi kuni” sifatida yil taqvimiga qayd etilgan.
Har yil may oyining ikkinchi yakshanbasi, xususan, bu yilning 12 may sanasida Evropa, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Xitoy kabi davlatlarda “Onalar kuni” keng nishonlanadi.
12 may sanasining tarixga muhrlangan muhim voqealari:
1918 yil. Hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga asos solindi.
1926 yil. Polshada yuz bergan davlat to`ntaruvi natijasida Yuzef Pilsudskiy boshqaruvi hokimiyatni egalladi.
1992 yil. O`zbekiston davlat Jahon tillari universiteti tashkil etildi.
1993 yil. Estoniya Evropa ittifoqi tarkibiga kiritildi.
2000 yil. Toshkentda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui ochildi.
2012 yil. “Oila davrasida” gazetasi chop etila boshladi.






