O`zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma`lumotiga ko`ra, Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda, «Mashtakovo» nazorat-o`tkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar O`zbekiston fuqarolari to`planishi kuzatilmoqda. Bu haqda TIV ma`lum qilmoqda.
Ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelishmoqda va O`zbekistonga qaytish uchun Qozog`iston hududi orqali yo`lak yaratishni talab qilishmoqda.
Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o`rnatgan.
Bundan tashqari, TIV Operativ shtabi Rossiya-Qozog`iston chegarasidagi mavjud vaziyat to`g`risida ma`lumotni har tomonlama ko`rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.
Yuqoridagilarni inobatga olib Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, o`rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.






