Denov tumani, “Tasmasoy” mahallasi yashovchi fuqaro B.Xolmatovning sotib olgan avia chiptasi karantin sababli reyslar to`xtatilganligi uchun aviakassadan to`lagan pulini qaytarib olish maqsadida borganida qaytarishmaganligidan norozi bo`lib O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.
Surxondaryo viloyati iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari hududiy birlashmasi Denov tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganilib, murojaat muallifining avia chipta uchun to`lagan 1560000 (bir million besh yuz oltmish ming) so`m pul mablag`i to`lig`icha qaytarib olib berildi.