AsosiyJamiyat

Rossiya-Qozog`iston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklarni qaytarish uchun avtobuslar jo`nab ketdi

'Rossiya-Qozog`iston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklarni qaytarish uchun avtobuslar jo`nab ketdi'ning rasmi

Rossiya - Qozog`iston chegarasida bir necha kunlardan beri O`zbekistonga tranzit yo`lak ochib berishni talab qilib kelayotgan mingdan ziyod O`zbekiston fuqarolari haqida xabarlar tarqalgan edi.  

Ma`lum bo`lishicha, mazkur hududga O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi xodimlari etib borishgan.  Ular Qozog`iston rasmiylari bilan muzokaralar o`tkazishgan va natijada dastlab 500ga yaqin yurtdoshimizni Vatanga qaytarishga ruxsat olingan.

Ayni paytda O`zbekistondan avtobuslar Qozog`iston tomon yo`lga chiqqani aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar