1

Koronavirus: Yana 30 nafar

Salomatlik 19.05.2020, 23:11
Koronavirus: Yana 30 nafar

2020 yil 19 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2855 (+30) nafarni tashkil qilmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo`lgan fuqarolar, 24 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan shaxslar orasidan qayd etildi (ularning 19 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 5 nafari 15 may kuni Qozog`istondan kelgan).

Ayni paytda yurtimizda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi. Ayni paytda mamlakatimizning 9 xududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 504 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1