AsosiyJamiyat

Soxta reklama orqali daromad olgan “Beeline Uzbekistan”dan abonentlarning zarari undirilmoqda

'Soxta reklama orqali daromad olgan “Beeline Uzbekistan”dan abonentlarning zarari undirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi  Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi “Beeline Uzbekistan” mobil operatori abonentlarga “G`olib bo`l va yutib ol!” aksiyasi bo`yicha soxta reklama orqali iste`molchilarga noto`g`ri  ma`lumot berganligi uchun “ViaMobi” MChJga nisbatan qarshi ish qo`zg`atdi

Xususan, aksiya ishtirokchilari – iste`molchilar  so`roviga binoan ularning telefon raqamlariga “Sizning  telefon raqamingiz 100 000 000 so`mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna bo`lish narxi kuniga 1999  so`m” kabi mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan yuborilgan so`rovni  “ViaMobi” MChJ batafsil o`rganib chiqqanidan so`ng mazkur aksiyada ishtirok etishga e`tiborni jalb qilish uchun tanlangan Abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganligini tan olgan. 

Aniqlanishicha, matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning ma`nosi o`zgarib ketgan. Natijada abonentlar “Siz g`olib bo`lishingiz mumkin” o`rniga  (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning %msisdn% raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning ehtimoliy sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini  6767 ga yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)”, “Sizning raqamingiz aksiya g`olibi deb tanlandi» (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning ****** raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! 3 sonini 6767 raqamiga SMS yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)”  mazmunida yuborilgan noto`g`ri matnni olganlar.

Ushbu reklama aksiyasida  749 ming iste`molchi ishtirok etgan bo`lib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 mlrd so`mni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan “ViaMobi” MChJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatan  O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida” va “Reklama to`g`risida”gi qonunlarni buzganlik uchun ish qo`zg`atildi.

“Iste`molchilar huquqlarini  himoya qilish to`g`risida”gi qonunga ko`ra, noto`g`ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste`molchiga etkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to`liq hajmda qoplanishi lozim.

Mazkur holatni  ko`rib chiqish natijalari bo`yicha batafsil ma`lumotlar berilishini ma`lum qilamiz.

Iste`molchilar diqqatiga –  G`olib bo`l va yutib ol!” aksiyasi  ishtirokchilari noto`g`ri reklama natijasida etkazilgan zarar qoplanishi to`g`risida Agentlik va “ViaMobi” MChJga murojaat qilish so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar