AsosiyJamiyat

Uy-joyga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi

'Uy-joyga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Prezident mutasaddilar bilan bo`lib o`tgan yig`ilishda Andijon viloyati aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratdi.

Davlat rahbari uy-joyga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819 ta oilaga subsidiya ajratish zarurligini ta`kidladi.

Bu yil 642 kilometr avtomobil yo`li, 85 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi va ta`mirlanishi belgilandi.

Ta`lim sifatini yaxshilash, o`quvchilarni 7-sinfdan qiziqqan kasbiga yo`naltirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Bu kelgusida ularning bandligini ta`minlashda muhim o`rin tutadi.

– Meni eng ko`p o`ylantiradigan masala – yoshlar va xotin-qizlar. Ularga e`tibor, ko`mak kerak. Bilimi, qo`lida kasb-hunari bo`lsa, hayotda o`z o`rnini topib ketadi, dunyoqarashi ham boshqacha bo`ladi. Ota-onasi, oilasi ham davlatdan rozi bo`ladi, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Turizm va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham to`xtalib o`tildi.

Yig`ilishda Bosh vazir o`rinbosarlari, tarmoq rahbarlari hisobot berdi. Videoaloqa orqali tuman hokimlari va faollarning fikrlari eshitildi.

    Boshqa yangiliklar