2020 yil 22 may soat 16:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028 (+22) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda bo`lgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi. Karantinda bo`lgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga to`g`ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo`lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat`iy karantinga olingan.
Ayni paytda yurtimizda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi. Hozirda mamlakatimizda 552 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.