Prezident Shavkat Mirziyoev bugun Andijonda viloyat va tumanlar hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokidagi yig`ilishda Marhamatga tashrifi vaqtida hokim ishdan olingani haqida ma`lum qilgan. Bu haqda "kun.uz" yozdi.
«Kecha Marhamat tumanining hokimini ishdan oldim. Qolgan sektorlar rahbarlari ham ishdan ketadi.
Menga kun o`tsa bo`ldi deb yuradigan hokimlar kerak emas. Menga taklif beradigan hokimlar kerak, izlanish qiladigan rahbarlar kerak», deya prezidentning so`zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yig`ilish davomida prezident rahbarlarning tajribasiga qarab emas, yosh bo`lsa-da ishiga qarab baho berilishini ta`kidlagan.
Tuman rahbari ishdan olinsa, to`rtta sektor rahbari ishdan olinishini, viloyat hokimlari bilan ham shunday bo`lishini ma`lum qilgan.
Ma`lumot uchun: 2009-2017 yillarda viloyatning Jalaquduq tumanini boshqargan Shuhratbek Qamchiev 2017 yil avgustida Xursandbek Sultonov o`rniga Marhamat tumani hokimi etib tayinlangandi.