Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Poytaxtimizdagi er usti metrosi estakadasi tayanchlarining yaqin joyidagi erning o`pirilish uchastkasi aks etgan fotolarga rasmiy munosabat bildirildi.
“O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi ushbu faktni o`rganib chiqdi va quyidagilarni ma`lum qiladi. Poytaxtimizdagi Shohsanam ko`chasining kiraverishidagi er o`pirilishining sababsi er ostidagi diametri 1200 mm bo`lgan suv quvurining ustiga o`rnatilgan P simon beton plitasining qo`porilishi bo`lganligi aniqlandi. Toshkent shahridagi “Suvsoz” davlat unitar korxonasi vakillarining so`zlariga ko`ra, suv ta`minoti va kommunikasiyalarida hech qanday shikast yo`q. Ehtimol, yo`l qoplamasi va beton plitalar tashqi katta bosim (og`ir yuk mashinalari)ga dosh berolmagan. Hodisa sabablari tegishli xizmatlarning zimmasiga yuklatilgan.
Hozirgi ta`mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, ushbu voqeaning halqali metro liniyasiga ta`siri haqida tashvishlanishga asos yo`q.