Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi hayit kunlari ma`raka-marosimlarini keyinga qoldirishga chaqirdi
Vazirlik yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqib, karantindagi cheklovlar vaqtincha ekani, xalqimiz salomatligini saqlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilganini unutmaslikka chaqirdi.
Vafot etganlar uchun xonadonlarda o`tkazish rejalashtirayotgan ma`raka marosimlarini keyinga qoldirish, buni o`zimiz va unda qatnashmoqchi bo`lgan yaqinlarimiz salomatligini asrash majburiyati, deb tushunishimiz lozimligi ta`qidlandi.
Jamoatchilikdan xonadonlarda tashkil etilgan ma`raka marosimlariga qatnashmaslik bo`yicha shaxsiy namuna ko`rsatishlari, bunda mahallalardagi nuroniy otaxonu onaxonlarning, mahalla faollarining o`rni katta ekani ta`kidlab o`tildi.
Xonadonga yangi kelgan mehmonni ko`rish va qo`lidan bir piyola choy ichish udumini hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, keyingi hayitlarga qoldirish to`g`ri ekani aytildi.