1

«ICTWEEK Uzbekistan 2015» AKT haftaligi bo`lib o`tadi

Hi-tech 24.08.2015, 15:00
 «ICTWEEK Uzbekistan 2015» AKT haftaligi bo`lib o`tadi

2015 yilning 14-18 sentyabr kunlari axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida qator, yagona formatdagi ixtisoslashtirilgan tadbirlarni qamrab olgan «ICTWEEK Uzbekistan 2015» axborot-kommunikasiya texnologiyalari haftaligi bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar beradi.

AKT haftaligining joriy yildagi o`ziga xos formati nafaqat barcha tadbirlarni yanada samarali va maqsadli, shu bilan birgalikda mehmonlar hamda tadbir ishtirokchilari uchun qulay shaklda tashkil etilishiga xizmat qiladi. Haftalikni o`tkazishdan ko`zlangan bosh maqsad AKT foydalanuvchilarini, aholini O`zbekiston axborot-kommunikasiya bozorida qo`lga kiritilayotgan amaliy natijalar bilan tanishtirishdan iborat.
ICTEXPO 2015 – axborot-kommunikasiya texnologiyalari ko`rgazmasi AKT haftaligining yirik tadbirlaridan biri hisoblanadi. Ko`rgazmada turli sohalarda faoliyat ko`rsatayotgan 150 nafar kompaniya-muasassalar AKT yo`nalishidagi faoliyatlari, loyihalari bilan ishtirok etadilar.

Bu yil ko`rgazma uchun umumiy hisobda 2000 kv.m. hamjidagi maydon ajratilgan. Ko`rgazma tarmoqli shaklda Toshkent (15 – 17 sentyabr) hamda Samarqand (15 – 16 sentyabr) shaharlarida tashkil etilmoqda. ICTEXPO 2015’ga 30 ming ishtirokchining tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1