Kecha, 22 may kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Chinor mahallasi hududida “TTZ-28” rusumli tirkamali traktor jarlikka ag`darilgan.
IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilishicha, hodisa soat 19:20 larda traktor haydovchisi E.X.(1971 yilda tug`ilgan)ning rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida sodir bo`lgan.
Haydovchi og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Uzun tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








