1

O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 3 115 nafarga etdi

Jamiyat 23.05.2020, 22:36
O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 3 115 nafarga etdi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, 2020 yil 23 may soat 22:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3115 nafarni tashkil qilmoqda. 

Bugun soat 17:00 da bemorlar 3089 nafar edi, yaqin soatlarda ularning soni 26 nafarga oshgan.

"Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasidan va 1 nafar Qozog`istondan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Jumladan, karantinda bo`lganlarning 22 nafari chet eldan kelgan, 3 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirgan" deyiladi xabarda.  

Ayni paytda yurtimizda 2532 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi. Hozirda mamlakatimizda 544 nafar bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1