1

Ehson qilishini aytib, surxondaryolik nogiron shaxs hisobidagi pullarni o`zlashtirgan o`smir ushlandi

Jinoyat 24.05.2020, 15:01
Ehson qilishini aytib, surxondaryolik nogiron shaxs hisobidagi pullarni o`zlashtirgan o`smir ushlandi

Surxondaryoning Muzrabot tumanidagi «Yurtim jamoli» mahallasida yashovchi ikkinchi guruh nogironi S.N. Telegram orqali ehson va`da qilgan shaxsning gapiga ishonib, plastik kartasidagi bor pulidan ajraldi. Firibgar uning kartasidagi barcha pullarni o`ziniki qilib olgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmatirasmiy kanalida xabar berildi.

3 may kuni soat 14:30 larda S.N.dan «Azizchik» nomli Telegram foydalanuvchisi uning hisob raqamiga ehson tariqasida pul o`tkazib berishini aytib, tegishli bank plastik karta kodlarini yuborishini so`raydi. Shundan so`ng, u «Xalq banki» ATB tomonidan o`zining nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik karta raqami va plastik karta uchun kelgan SMS kodlarini yuboradi. Natijada firibgar S.N.ning plastik kartasidan 4 million 40 ming so`m miqdoridagi pulini echib oladi.

Bu haqda tuman ichki ishlar bo`limiga murojaat etilgach, olib borilgan surishtiruv va qidiruv ishlari natijasida «Azizchik»ning shaxsi aniqladi. U Namangan viloyati Chust tumanidagi maktabning 9-sinf o`quvchisi bo`lib chiqqan.

Surishtiruv chog`ida 17 yoshdagi o`spirinning shu kuni Termiz shahridagi «Nilufar» mahallasida yashaydigan birinchi guruh nogironining ham «Aloqabank» ATB tomonidan ochilgan bank plastik kartasidagi 46 ming 854 so`mini xuddi shunday yo`l bilan kompyuter tizimi orqali yashirin talon-toroj qilgani aniqlangan.

Yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-modda («O`g`rilik») 3-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1