AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Erondan kirib kelgan issiq oqim sababli hafta davomida harorat yanada ko`tariladi

'O`zbekistonga Erondan kirib kelgan issiq oqim sababli hafta davomida harorat yanada ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston hududida Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab bo`lgan yuqori barik o`rkach (balandlikdagi yuqori bosimli qatlam) ta`siri saqlanib turadi.

Butun respublika bo`yicha ob-havo ochiq bo`ladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va cho`l zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagacha etadi.

Balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha mamlakatmizdagi ob-havo sharoitlariga ta`sir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli bo`ladi. Respublikaning shimoli va cho`l zonalarida 27-28 may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Harorat 34-39 daraja atrofida bo`ladi. Respublikaning shimoli, cho`l zonasi va janubida harorat bundan ham issiq, 40-41 darajagacha etadi, bu butun hududimiz bo`yicha may oyining so`nggi kunlari uchun xos o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori, va eng issiq yillarda shu kunlarda kuzatilgan haroratlardan bir oz pastdir.

Toshkentda may oyida haroratning mutlaq maksimumi 39,9 darajani, respublikaning janubiy viloyatlari va cho`l zonasida ayrim joylarda 43-44 darajani tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar