Nega chet davlatdan fuqarolarimizni tinimsiz olib kelyapmiz? Bu ahvolda kasallikni to`xtatish mumkinmi?
Ushbu savolga AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
"Chet davlatlardan olib kelinayotgan fuqarolar davlat rahbarining ko`rsatmalariga muvofiq charter reyslari tashkil etilib olib kelinyapti. Ular darhol karantinga olinyapti va kasallik aniqlansa davolash choralari ko`rilyapti."