Ichki yo`llarni rekonstruksiya qilish uchun “foydalanuvchi to`laydi” tizimini joriy etish zarur — Prezident

Siyosat 25.05.2020, 20:43
Ichki yo`llarni rekonstruksiya qilish uchun “foydalanuvchi to`laydi” tizimini joriy etish zarur — Prezident

Avval xabar berganimizdek, bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev transport sohasining barqaror ishlashini ta`minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Davlatimiz rahbari ichki yo`llar masalasiga alohida to`xtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. 80 ming kilometr ichki yo`llarni rekonstruksiya qilish, bu borada butun dunyoda qo`llanib kelinayotgan “foydalanuvchi to`laydi” tizimini joriy etish zarurligi ta`kidlandi.

Mutasaddilar transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo`yicha hisobot berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1