AsosiyJamiyat

Bedarak yo`qolgan 66 yoshli fuqaro qidirilmoqda

'Bedarak yo`qolgan 66 yoshli fuqaro qidirilmoqda'ning rasmi

15 may kuni Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Marta Prozorova murojaat qilib, Sergeli tumani, Nilufar ko`chasi, 46/1 uyda yashaydigan va 30 aprel kuni Toshkent shahar IIBB reabilitasiya markazidan chiqib, uyga qaytib kelmagan 66 yoshli Prozorov Yuriy Nikolaevichning qidiruvi bo`yicha chora ko`rishni so`radi. Bu haqda IIBB xabar bermoqda.
Belgilari: bo`yi 170 sm, sochlari kalta va oqsoch, burni yirik.
Kiyimlari: engil qora kurtka, qora shim va qora tufli.
 

Qidiruv uchun foydali bo`lishi mumkin bo`lgan ma`lumotlari 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlari orqali ma`lum qilishingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar