Jondorda fermerning haqiga xiyonat qilgan ombor mudiriga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 26.05.2020, 14:43
Jondorda fermerning haqiga xiyonat qilgan ombor mudiriga  nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Agrokimyoximoya” Yakkatut tumanlararo maxsus bazasi ombor mudiri N.R. xizmat mavqeidan foydalanib, jinoyatga qo`l urgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda "Darakchi"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, Ombor mudiri “Sh.O`.” fermer xo`jaligi rahbari I.O`.ga ombordan mineral o`g`itlarni olib kelib berishni va`da qilib, uning ishonchnomasini olib, ushbu ishonchnoma orqali xo`jalik nomiga 52,1 mln so`mlik mineral o`g`itlarni rasmiylashtirib, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan N.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1