Avval xabar berganimizdek, kecha, 26 may kuni O`zbekiston Respublikasi prezidenti investisiya masalalari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishini o`tkazdi.
Yig`ilishi avvalida Prezident koronavirus bilan kasallanganlar soni oxirgi kunlarda ko`payganini qayd etdi.
Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlar toifasini qayta ko`rib chiqish, kunlik test olishni ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berildi.
"Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko`rib chiqsin hamda karantin choralarini kuchaytirish bo`yicha taklif kiritsin.
Sog`liqni saqlash vazirligi "qizil" va "sariq" hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi lozim. Bunda tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi ko`p joylarda nazorat testlar olishni ko`paytirsin", — topshiriq bergan davlat rahbari.






