1

To`rtko`lga yangi hokim tayinlandi

Siyosat 27.05.2020, 09:09
To`rtko`lga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari To`rtko`l tumani Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo`lib o`tdi.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko`rib chiqildi.

Shu kungacha Ellikqal`a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shamuratov Rustam Azatovichning nomzodi To`rtko`l tumani hokimi lavozimiga taklif qilindi.

Taklif qilingan nomzodni tuman Kengashining bir qator deputatlari qo`llab-quvvatlab so`zga chiqdi.

Sessiyada R.A.Shamuratov To`rtko`l tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi va o`zining bor bilim va tajribasini tumanni har tomonlama rivojlantirishga, aholi farovonligini ta`minlashga sarflashini ta`kidladi.

Ma`lumot uchun, R.A.Shamuratov o`tgan yillar davomida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiy rivojlantirish masalalari kotibiyati boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchi, To`rtko`l tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari, Ellikqal`a tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari, Ellikqal`a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari kabi mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1