Sobiq “Se`tanho” guruhi a`zosi Leylining ijtimoiy instagramdagi o`z sahifasiga guruh a`zolari bilan tushgan suratini joylashtirib, konsert bermoqchi ekanliklarini ma`lum qildi. Instagramdagi muxlislarning boshi quvonchdan osmonga etyapti!
Biz bu xushxabarga oydinlik kiritish maqsadida darhol Leylining ma`muri bilan bog`landik:
Samir: — Sobiq “Se`tanho” 28 avgust kuni o`z muxlislari uchun mini-konsert uyushtirgani rost.
“Se`tanho” qizlari ijodini birgalikda davom ettiradimi, degan savolimizga esa Leylining ma`muri bu haqda gapirishga hali vaqtli, deb javob berdi. Leylining o`zi esa, Vatanni tarannum etuvchi “Sen dunyoimsan” nomli qo`shiqqa yaqinda klip suratga olish ishlarini boshladi. Yangi “Likki-likki” nomli qo`shig`i esa Leylining yo`nalishi mutlaqo o`zgarganidan dalolat bersa kerak. Tez orada qo`shiq muxlislarga taqdim etiladi.