Uchqo`rg`onda “Kobalt” urib ketgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Jinoyat 27.05.2020, 14:22
Uchqo`rg`onda “Kobalt” urib ketgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 26 may kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati, Uchqo`rg`on tumani 4N-425 “Uchqo`rg`on – Yangier” mahalliy yo`lining 5 km.da haydovchi, 2000 y.t. S.Q. (erkak) “Kobalt” rusumli transport vositasi tezligini me`yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan piyoda, 1969 y.t. R.A.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda, piyoda R.A. (erkak) og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Mazkur YTH yuzasidan Uchqo`rg`on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me`yorlariga amal qilishlarini, piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini, piyodalar esa yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tmasliklarini so`rab qolamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1