Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg`ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 955 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 976 nafarga etdi.
️Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo`lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog`ayganlar 12 nafarga etdi.
️Shunday qilib, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab jami sog`ayganlar 2659 nafarga etdi.