AsosiyJamiyat

Ko`p qavatli uylarda parabolik antennalarni o`rnatish ta`qiqlandimi?

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati bugun brifing tashkil etdi. Unda poytaxtning bosh ko`chalarida olib borilayotgan rekonstruksiya, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari borasida so`z bordi.

Toshkent shahar bosh ko`chalarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish,  yo`l transport infratuzilmasini takomillashtirish, binolar va inshootlarning me`moriy qiyofasini yangilash maqsadida  2015 yilning 5 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №227-sonli qarori qabul kilingan. Ushbu qarorda 2015-2016 yillarda rekonstruksiya va ta`mirlanadigan Toshkent magistral ko`chalari ro`yxati tasdiqlangan.  

Xozirgi kunda mazkur ko`chalarni ta`mirlash va  rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.

Jumladan, bir qator ko`chalarda  yangicha me`moriy o`zgarishlar, obodonchilik ishlari boshlangan, shuningdek yoritish tizimlari, yo`laklar, favvoralar, sug`orish tizimlarini ta`mirlash ko`kalamzorlashtirish,  ko`kalamzorlashtirish jarayonlari davom etmoqda.

Binolarni va ko`p qavatli turar-joylarning holatini  o`rganish jarayonida mutaxassislar tomonidan O`zbekiston Respublikasi  “Uy-joy kodeksi”ning ayrim bandlari buzilayotgani holatlari aniqlanmoqda.

Ayniqsa, ko`p qavatli uylar oldidagi noqonuniy qurilmalar, ayvonlarni o`zgartirish, g`isht bilan o`rab olish  va xonadonlar ichidagi noqonuniy ta`mirlashlar nafaqat  uylarning fasad qismlari ko`rinishiga, balki bevosita ularda yashovchi fuqarolar xavfsizligiga ham tahdid qiladi.  Bu kabi o`zgartishlar ko`p qavatli uylarning qurilish normativlariga ham ziddir. Shu bilan birga, bir qator xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar kabel televidenielari tarmoqlariga ulashda ham uylarning uy yo`laklari qismida maxsus ajratilgan joylar ko`zda tutilganiga qaramay, tom ustlari orqali ulashlarni amalga oshirmoqdalar, bu esa zamonaviy polizol qoplamalarini shikastlaydi, ayrim uylarning fasadlarida esa ulanish simlarining osilib turishi yanada achinarli holdir. 

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Toshkent shahar hokimligi ko`p qavatli uylarda parabolik antennalar yoki kondisionerlar o`rnatishni cheklashga qaratilgan hech qanday qaror yoki farmoyish qabul qilgan emas. Bunday masala  kun tartibiga ham qo`yilgani  yo`q.

    Boshqa yangiliklar