AsosiyJamiyat

Buxoroga koronavirus qaytdi. Bir oilaning 7 nafar a`zolari kasallangan

'Buxoroga koronavirus qaytdi. Bir oilaning 7 nafar a`zolari kasallangan'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, 2020 yil 27 may soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun soat 16:30da bemorlar soni 3355  nafar edi, yaqin soatlarda ular 14 nafarga ko`paygan.

"Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a`zolari) aniqlangan. Mazkur holat ushbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini ko`rsatmoqda. Shuningdek, 5 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. 2 nafari esa Toshkent viloyatidan (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan)" deyiladi vazirlik xabarida. 

Ayni paytda yurtimizda 2668  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi.  Hozirda 687 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari o`ta og`ir ahvolda, 3 nafari esa og`ir ahvolda.  

Virusdan vafot etganlar 14 kishiga etdi. 

    Boshqa yangiliklar