1

"Hozirda mahalliy Kengashlarda 200 dan ziyod 18-30 yoshli deputatlar bor..." Yoshlar parlamentini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Siyosat 28.05.2020, 00:36
"Hozirda mahalliy Kengashlarda 200 dan ziyod 18-30 yoshli deputatlar bor..." Yoshlar parlamentini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi mutasaddilari, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, siyosiy partiyalar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Yoshlar va parlament” mavzusida videokonferensiya o`tkazildi. 

Senat axborot xizmati xabar berishicha, so`zga chiqqanlar yangi tashkil etilayotgan Yoshlar parlamentining maqsadlari, yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish, ularning qonunchilik hamda parlament nazoratini amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etishi to`g`risida fikr-mulohazalar bildirildi.  

Oliy Majlis Senatining  Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Dilorom Tashmuhamedova bu boradagi ishlarning ahamiyati borasida ma`ruza qildi.

– “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida Yoshlar parlamentini tashkil etish vazifasi belgilanganini alohida e`tirof etish joiz, – dedi senator D.Tashmuhamedova. – Boisi, bu kelgusida yoshlarimizning siyosiy-huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik asoslarini mukammal bilishi, huquq-erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buning  barobarida qonun ijodkorligi va huquqni qo`llash amaliyotining dolzarb masalalarini yoshlar vakillari ishtirokida muhokama qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga oid takliflar ishlab chiqishda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hozirda mahalliy Kengashlarda 200 nafardan ortiq 18-30 yoshli navqiron deputatlar bor. Kelgusida ularni Yoshlar parlamentiga jalb etish bilan biz barcha hududlardagi yoshlar muammolarini Senat minbariga olib chiqishimiz va qabul qilinadigan qonunlarda ularning manfaatlarini aks ettirishimiz mumkin bo`ladi.

Yig`ilishda xorijiy mamlakatlar tajribasi tahliliga alohida e`tibor qaratildi. Xususan, xalqaro tajribaga ko`ra, yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi asosiy ishtiroki yoshlar parlamentini tashkil etish orqali amalga oshirish muhimligi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1