1

Bulung`urda “Lasetti” ag`darilib, yo`lovchisi qurbon bo`ldi

Jinoyat 28.05.2020, 10:15
Bulung`urda “Lasetti” ag`darilib, yo`lovchisi qurbon bo`ldi

Joriy yilning 27 may kuni soat 01:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung`ur tumani, “Ulug`bek” mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1058 km.da haydovchi, 1980 y.t. X.T. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me`yoridan oshirgan holda “Samarqand-Toshkent” yo`nalishi bo`ylab boshqarayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984 y.t. M.T. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa o`ng yon tomonidan urib, YTH sodir etishi oqibatida “Lasetti” avtomobili ag`darilgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi yo`lovchisi 1984 y.t. X.K. (erkak) og`ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung`ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1