Yaponiya hukumati turizm sohasini qo`llab-quvvatlash maqsadida sayyohlarga mamlakatga tashrif buyurgani uchun kuniga 185 AQSh dollari miqdorida vaucherlar berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi ma`lum qilmoqda.
Go To Travel tashabbuslari doirasida Yaponiyaga kelgan sayohatchilar kuniga 20 000 ien (185 dollar) miqdorida subsidiya olishni boshlashlari mumkin, deyiladi hukumat bayonotida.
Hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur subsidiya mamlakat turizm sohasi xarajatlarining qariyb yarmini qoplaydi. Vaucherlarni restoran, bar va do`konlarda sarflash mumkin. Uni olish uchun siz mehmonxona bron qilib, Yaponiyaga chipta sotib olish talab etiladi.
Dastur joriy yilning 1 iyulidan boshlanishi kutilmoqda. Hukumat ushbu tashabbusga 12,5 milliard dollar ajratadi.






