Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish, balki ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko`maklashmoqda. Bu haqda MIB matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining 23.02.2018 yildagi qarzdor Melixo`jaev Xudoyberdidan undiruvchi Akramova Odina foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha Byuroning Qo`rg`ontepa tuman bo`lim boshlig`i Sh.Umaraliev tomonidan olib borilgan tushuntirishlar natijasida oilaviy kelishmovchilikka chek quyilgan.
Uraimov X. va Orzieva G.ning oilasi ham ajrashishi arafasida edi. Ularning bir nafar farzandi uchun aliment to`lash belgilangandi. Ammo tushuntirishlar natijasida bu oila qayta tiklandi. Endigina 24 yoshni qarshi olgan ushbu juftlikka kelgusida tinch-totuvlikda birgalikda uzoq umr kechirishlariga tilak bildirildi.
Karantin davrida Qo`rg`ontepa tumanida Byuro xodimlarining jonbozligi bilan 112 ta ajarashayotgan oilani yarashtirilishiga erishildi. Oilalar yarashganligi munosabati bilan undiruvchilarning arizasiga asosan aliment unidirish to`g`risidagi ijro hujjatlari ishlari yakunlandi.
Xabarda ta`kidlanganidek jamiyatimizning asosi bo`lgan oilalar hech qachon ajralmasin. Zero, hech bir farzand otasiga begona bo`lib, undan aliment to`lovlarini olmasin.