AsosiyDunyo

Yevropa zulmatga cho‘mdi: Elektr inqirozi ko‘chalarni to‘xtatdi

Fransiya, Ispaniya va Portugaliya tarixdagi eng yirik elektr uzilishlaridan birini boshdan kechirdi.

'Yevropa zulmatga cho‘mdi: Elektr inqirozi ko‘chalarni to‘xtatdi'ning rasmi

Fransiya, Ispaniya va Portugaliya bugun tarixdagi eng yirik elektr uzilishlaridan birini boshdan kechirdi. Fransiya elektr uzatish tarmog‘i (RTE) ba’zi hududlarda uzilish bo‘lganini tasdiqladi, biroq hozirda xizmat asta-sekin tiklanmoqda.

Evropa Ittifoqi Komissiyasi matbuot kotibi Paula Pinho X ijtimoiy tarmog‘ida vaziyat bo‘yicha bayonot berib, Ispaniya va Portugaliya hukumatlari bilan aloqada ekanliklarini bildirdi.

Madrid meri Xose Luis Martinez Almeida esa poytaxt aholisidan uydan chiqmaslikni iltimos qildi. Shahar hukumati barcha yo‘llarni ochiq saqlashga urinayotgan bo‘lsa-da, ba’zi avtomobil tunnellari yopildi. Mer aholiga faqat haqiqiy favqulodda vaziyatda tez yordam xizmatiga murojaat qilishni tavsiya etdi.

Ispaniyada poyezdlar to‘xtadi, metro bekatlari yopildi

Ispaniya temir yo‘llari barcha kompaniyalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi. Madrid metrosi esa barcha stansiyalarni yopishga majbur bo‘ldi. Shov-shuvli uzilish sababli ko‘plab vokzallarga qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari yuborildi.

Elektr uzatish kompaniyasi Red Electrica Espanola (REE) trafo markazlaridagi nosozliklar ayrim hududlarda bartaraf etilganini bildirdi. Endesa kompaniyasi esa Barselona atrofidagi ayrim hududlarga elektr yetkazib berish tiklangani haqida xabar berdi.

Portugaliya: Sabab — kiberhujum bo‘lishi mumkin

Portugaliya vaziri Manuel Castro Almeida energiya tizimida yuzaga kelgan uzilishlar ehtimoliy kiberhujum bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, hodisa faqat Portugaliyani emas, balki Ispaniya, Fransiya va Germaniyani ham zararga uchratgan.

Fransiya, Ispaniya va Portugaliya bugun tarixdagi eng yirik elektr uzilishlaridan birini boshdan kechirdi. Fransiya elektr uzatish tarmog‘i (RTE) ba’zi hududlarda uzilish bo‘lganini tasdiqladi, biroq hozirda xizmat asta-sekin tiklanmoqda.

Evropa Ittifoqi Komissiyasi matbuot kotibi Paula Pinho X ijtimoiy tarmog‘ida vaziyat bo‘yicha bayonot berib, Ispaniya va Portugaliya hukumatlari bilan aloqada ekanliklarini bildirdi.

Madrid meri Xose Luis Martinez Almeida esa poytaxt aholisidan uydan chiqmaslikni iltimos qildi. Shahar hukumati barcha yo‘llarni ochiq saqlashga urinayotgan bo‘lsa-da, ba’zi avtomobil tunnellari yopildi. Mer aholiga faqat haqiqiy favqulodda vaziyatda tez yordam xizmatiga murojaat qilishni tavsiya etdi.

Tarix takrorlandimi?

Bu voqea 2006-yildagi yirik elektr uzilishini eslatdi. O‘sha paytda ham Yevropa bo‘ylab millionlab odamlar elektrsiz qolib, transport tizimlari izdan chiqqan edi.

Evropa Kengashi o‘shanda uzilishlarning sababini yetarli xavfsizlik choralari ko‘rilmagani, texnik tayyorgarlik pastligi va tarmoqlararo muvofiqlik yo‘qligi bilan izohlagan edi.

Bugungi hodisa esa, Evropa energetika tizimi hali ham zaif ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Belgordoda uchuvchisiz samolyot zarbasi oqibatida ikki kishi jarohat oldi'ning rasmi

    Dunyo 13.09.2025 19:40

    Belgordoda uchuvchisiz samolyot zarbasi oqibatida ikki kishi jarohat oldi

    Jabralanganlar Krasnoyark markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.09.2025 19:11

    '22 yoshli Tayler Robinson Charlti Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgani uchun hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 13.09.2025 13:31

    'Nepaldagi 20 dan ortiq qamoqxonadan 15 ming mahbus qochdi'ning rasmi

    Dunyo 13.09.2025 11:50

    Nepaldagi 20 dan ortiq qamoqxonadan 15 ming mahbus qochdi

    Mamlakat boʻylab sodir boʻlayotgan norozilik namoyishlari vaqtida qochgan.

    '“Tolibon” yana O‘zbekistondan vertolyotlarni qaytarishni so‘radi'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 21:49

    “Tolibon” yana O‘zbekistondan vertolyotlarni qaytarishni so‘radi

    Hukumat tashqi ishlar vaziri avvalgi hukumat agʻdarilganidan soʻng Afgʻonistondan Oʻzbekiston va Tojikistonga olib oʻtilgan vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi.

    'Baliqa suv toshqini sabab 14 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 12.09.2025 19:00

    Baliqa suv toshqini sabab 14 kishi halok boʻldi

    Kuchli yomg‘ir Denpasar va Balining sakkizta mintaqasidan oltitasida suv toshqinini keltirib chiqargan.