1

“Angry Birds” kompyuter o`yini asoschisi Piter Vesterbaka bilan hamkorlik o`rnatildi

Hi-tech 28.05.2020, 19:08
“Angry Birds” kompyuter o`yini asoschisi Piter Vesterbaka bilan hamkorlik o`rnatildi

O`zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Finlyandiyaning Rovio kompaniyasining marketing bo`yicha direktori, yoshlar o`rtasida mashhur bo`lgan “Angry Birds” kompyuter o`yinining yaratuvchilaridan biri va Evropadagi eng yirik “Slush” innovasion forumining asoschisi Piter Vesterbaka bilan Innovasion startap va akselerasiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo`yicha videokonferensiya bo`lib o`tdi. Videokonferensiyada O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining mas`ul vakillari, O`zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchisi etdi.

P. Vesterbaka o`z tajribasi va startaplarni tanlash jarayonida Finlyandiya tajribasi bilan o`rtoqlashdi. Shuningdek, u kompyuter o`yinlarni yaratish va ularni jahon bozorida targ`ib qilishning nozik jihatlari haqida gapirdi. “Angry Birds”dan tashqari yana 50 dan ortiq o`yinlar yaratgan P. Vesterbaka Rovio kompaniyasining biznesni rivojlantirish va “Angry Birds” marketingi va brendingi uchun mas`uldir.

Onlayn uchrashuvda Piter Vesterbaka bilan doimiy aloqalarni o`rnatish, O`zbekiston va Finlyandiya universitetlari o`rtasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. 

Bundan tashqari, biznes-mentorlar, sarmoyadorlar va tadbirkorlarni birlashtiruvchi "Slush" tadbirkorlik harakatida O`zbekistonlik yosh tadbirkorlarning ishtirok etish va startaplarni yaratish va kengaytirish sohasidagi bilimlarni va zamonaviy biznes ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Slush Academy” dasturlarida O`zbekistonlik yosh tadbirkorlarning ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

 Finlyandiya ilg`or tajribasi asosida o`zbek startaplar uchun hamkorlikdagi akselerasiya dasturlarini, jumladan startaplarni rivojlantirish tizimini o`rganish uchun O`zbekistonlik yosh tadbirkorlarni Finlyandiyaga tanishtiruv safarini tashkil etish, hamda innovasiyalar va innovasion korxonalarni boshqarish sohasidagi materiallar va dasturlarni birgalikda ishlab chiqish istiqbollari ham ko`rib chiqildi.

Piter Vesterbaka 2020 yil fevral oyida O`zbekistonga qilgan tashrifini yuqori baholab, yurtimizda innovasion startaplarga qiziquvchi ko`p sonli iqtidorli yoshlar borligini mamnuniyat bilan esladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1