Venera yorqinligidan ham kattaroq bo`lgan meteoritlarga bolidlar deyiladi. Kecha ana shundaylardan biri Turkiya osmoni uzra uchib o`tdi. Bu haqda Tarjumon yozdi.
27 may, chorshanba kuni kechqurun Turkiyaning shimoliy qismidagi aholi to`satdan g`ayrioddiy yorug`lik shousiga guvoh bo`lishdi. Osmon bo`ylab yorug` meteor uchib o`tib, so`ng momaqaldiroq sadosi bilan havoda portladi. Uni bir necha viloyatlardan turib ko`rish mumkin bo`ldi, jumladan mahalliy vaqt bilan soat 20:30 atrofida – Artvin, Erzurum, Sivas, Tunsel va Ardahanda kuzatildi.
https://twitter.com/i/status/1265741804596604928
Kosmik toshlar muntazam ravishda Erni bombardimon qilib turishadi: har kuni atmosferaga millionlab meteor va mikrometrlar kirib keladi. Aksariyati hali ularning mavjudligi haqida xabardor bo`lishdan avval yonib yo`q bo`lib ketishadi. Ammo ba`zilari, eng yiriklari, vaqti-vaqti bilan atmosferani yorib o`tishga muvaffaq bo`lishadi. Biz ularni osmonda yorqin olov sharlari shaklida ko`ramiz.
Venera yorug`ligidan kattaroq bo`lgan meteorlarga yuqorida ta`kidlab o`tilganidek – bolidlar deyiladi. Kecha ana shundaylardan biri Turkiya osmoni uzra uchib o`tdi.
Bolidlar ko`pincha ortidan changli va ionlangan dumni qoldirishadi.1988 yildan beri NASA 822 ta bolidlarni ro`yxatdan o`tkazdi. Har yili o`rtacha 25 ga yaqin bunday meteoritlar Er yuziga tushadi, ular tasodifiy ravishda butun dunyo bo`ylab tarqaladi. Er yuzasining aksariyat qismi (taxminan 71 foizi) suv bo`lganligi sababli ko`plab meteoritlarning portlashi dengizlar ustida sodir bo`lgan.
Olimlar nima uchun meteoritlar aynan havoni o`zida portlab ketishi yuzasidan hozirgacha ishonch bilan aniq bir xulosa berisholmayapti. Eng keng tarqalgan nazariyaga ko`ra, hamma gap atmosferaning zichligida ekanligi haqida ta`kidlab kelinadi.
Meteor atmosferaga tushganda va uning orasidan o`tishga harakat qilganida, havoning bosimi uning oldiga qarshi chiqib oshib boradi. Bu esa yuqori bosim ostidagi havoning kichik teshiklar va yoriqlar orqali kirib borishiga olib keladi. Va bu, o`z navbatida, meteorit ichidagi bosimni oshiradi va shu tufayli u portlab ketadi.
Turkiya osmonidagi portlagan ob`ekt meteor ekanligini hali rasman tasdiqlanganicha yo`q. Biroq, mutaxassislar bu meteor ekanligini juda katta ehtimollik bilan ta`kidlashmoqda.






