AsosiyDunyo

Xitoyda o`tgan bir sutka davomida koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi

'Xitoyda o`tgan bir sutka davomida koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi'ning rasmi

Xitoyda 28 may kuni koronavirusga chalinish bo`yicha birorta ham holat aniqlanmadi, deya xabar berdi Milliy sog`liqni saqlash komissiyasi juma kuni. 27 may   kuni Xitoyda 2 kishiga COVID-19 tashxisi qo`yilgandi.

Chin yurtida hozirgacha 82 995 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va ularning 4634 tasi vafot etgan. 78 291 kishi ushbu kasallikdan butunlay sog`aygan bo`lib, ayni paytda kasalxonalarda 70 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar