1

Yaponiyada favqulodda holat bekor qilinishi bilan koronavirusning ikkinchi to`lqini boshlandi

Dunyo 29.05.2020, 22:52
Yaponiyada favqulodda holat bekor qilinishi bilan koronavirusning ikkinchi to`lqini boshlandi

Yaponiyaning Janubi-g`arbidagi Kitakyusyu shahrida koronavirus infeksiyasining yangi holatlari ko`payishi yana avjiga chiqayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda shahar meri Kenji Kitaxashi manbasiga tayanib tvs.ru ma`lum qildi.

30 apreldan 22 maygacha shaharda kasallikning tasdiqlangan holatlari qayd etilmagandi, ammo so`nggi olti kun ichida 43 ta holat qayd etilgan, ularning 21 tasi bir kunda aniqlandi.

Bir necha kun oldin Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holat rejimini bekor qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1