1

Sergeli er usti metrosi qachon ochilishi ma`lum bo`ldi

Hi-tech 30.05.2020, 00:30
Sergeli er usti metrosi qachon ochilishi ma`lum bo`ldi

Sergeli tumanidagi er usti metrosi sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi

Ushbu masala yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifa qo`yilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoevning Sergeli tumani aholi vakillari bilan uchrashuvi chog`ida ma`lum qilindi.

Hududda transport va kommunal xo`jalik infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha qator loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jumladan, "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo`lgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli er usti metrosi qurilmoqda. Uni joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasi qo`yilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1