AsosiyJamiyat

AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko`rgan 2000 ta oilaga zarur vositalar etkazib berdi

'AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko`rgan 2000 ta oilaga zarur vositalar etkazib berdi'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Sardoba suv ombori o`pirilishi ortidan “Sog`lom avlod uchun” nodavlat xayriya jamg`armasiga zarur vositalarni topshirdi.

 Insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000 ta oilaga etkaziladi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zurur narsalardan (gigiena vositalari, ko`rpa-to`shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.

 Jamg`arma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bo`lgan hududlarga etkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi tomonidan yordamga muhtojlar aniqlanadi va o`z egalariga etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar