1

“UzAutoMotors” AJga ishga kiritib qo`yish evaziga fuqarolardan 42 000 AQSh dollari so`ragan firibgar ishi

Jinoyat 30.05.2020, 15:00
“UzAutoMotors” AJga  ishga kiritib qo`yish evaziga fuqarolardan 42 000 AQSh dollari so`ragan firibgar ishi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan “UzAutoMotors” AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

 “U-C” qo`shma korxonasi AJ qo`riqlash xizmati boshlig`i A.Yu., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib 31 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tumandagi “UzAutoMotors” AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo`yish evaziga, 42 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan A.Yu. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1