1

Qo`lni siqib so`rashish pichoqbozlikka olib keldi

Jinoyat 30.05.2020, 16:27
Qo`lni siqib so`rashish pichoqbozlikka olib keldi

28 may kuniga o`tar kechasi soat 03:00 da 33 yoshli R.N. boshqaruvida bo`lgan “Nexia” rusumli avtomashinasida jiyani, 22 yoshli U.Sh. va tanishlari 26 yoshli P.Sh., 25 yoshli Sh.K. va 26 yoshli I.S., larni yashash uyiga tashlab ketish uchun Koson tumani Obod ko`chasida avtomashinani to`xtatagan. Ular bilan xayrlashyotgan vaqtida, ularning ortidan o`zlariga oldindan tanish bo`lgan, 20 yoshli O.D. boshqaruvida bo`lgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasida o`zining tanishlari 22 yoshli I.X., 21 yoshli O.R., 19 yoshli B.N. va 22 yoshli D.F. lar bilan birga kelib, o`zaro bir-birlari bilan salom-alik qilayotgan vaqtida Sh.Q. O.N., ning qo`lini siqib ko`rishgan. Hech bir sababsiz, biqin sohasiga bir mushti bilan urganligi sababli, O.N. o`z navbatida mushti bilan Sh.Q., ning yuz qismiga bir musht urib yiqitgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Ushbu holatdan so`ng, yiqilgan Sh.Q., ning tanishi mast holatda bo`lgan I.S. Sh.K., ni urib yiqitgan O.N., ning mast holatdagi tanishi I.X. bilan o`zaro janjallashib qolib, natijada I.X. yonida olib yurgan oshxona pichog`i bilan I.S., ning chap tomon elka orqa sohasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati etkazgan.

Natijada, I.S. tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan  O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda holat yuz bergan vaqtda shu erda bo`lgan barcha shaxslar bilan tergov harakatlari olib borimoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1