1

Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamg`armasiga ajratilgan pul mablag`larini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Jinoyat 30.05.2020, 18:49
Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamg`armasiga ajratilgan  pul mablag`larini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg`armasiga ajratilgan pul mablag`larini maqsadli sarflanishi o`rganilganda, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.

Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamg`arma tomonidan ajratilgan 5 mlrd so`m mablag`larning bir qismini talon-toroj qilish maqsadida, “T.” va “I-P.” MChJdan kimyoviy dizenfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilishib, jami 222,3 mln so`mni rastrata qilish yo`li talon-toroj qilib, davlat byudjetiga juda ko`p miqdorda zarar etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, “T.” va “I-P.” MChJ rahbarlari 
va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1