Kitob tumanida kronavirus bilan kasallanganlik bo`yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko`plab fuqarolar bilan muloqotda bo`lganligi munosabati bilan EHTIYoT ChORASI SIFATIDA tuman hududi to`liq karantinga yopildi.
Gumonlanish o`z tasdig`ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo`llari tusildi. Avtotransport va piyoda harakatlanish qat`iy nazoratga olindi.
Voha ahlini viloyat hokimi Zoyir Mirzaev bir necha bor aholidan hududlar uchun belgilangan karantin qoidalari, xususan, ko`chada niqobda bo`lish, jamoat joylarida masofa saqlash, dezinfeksiya, shaxsiy gigiena singari bir qator qoidalarga “Yashil hudud”da ham amal qilish kerakligini so`rab chiqqan edi.
Viloyat hokiligining matbuot xizmatiga ko`ra, viloyatda maqsadsiz ko`chada yurish holatlar ko`p kuzatilmoqda