AsosiyDunyo

Angliyada karantin cheklovlarini bekor qilishga hali erta ekanligi aytilmoqda

'Angliyada karantin cheklovlarini bekor qilishga hali erta ekanligi aytilmoqda'ning rasmi

Angliyada 1 iyundan boshlab karantin cheklovlari asta sekin yumshatila boshlanadi. Unga ko`ra, odamlarning olti kishidan ko`p to`planmasligi sharti qo`yiladi. Bu haqda manbalar asosida Tarjumon.uz xabar berdi.

 Bundan tashqari boshlang`ich maktablarning ochilishiga ruxsat beriladi. Hukumatning ma`lum qilishicha, “tekshiruv va virus zanjirini kuzatish” rejimi koronavirus tarqalishini to`xtatadi va mamlakatning normal hayotga qaytishiga yordam beradi.

Ammo, Britaniyaning favqulodda holatlarda ilmiy maslahat berish guruhi rahbari Jeremi Farrar va uning hamkasbi Jon Edmunds Angliyada koronavirus juda tez tarqalayotganini va cheklovlarni bekor qilishga hali erta ekanligini aytishgan.

“Kasallikda gumonlanuvchilarni tekshirish,virus zanjirini topish,izolyasiya qilish tizimi yo`lga qo`yislihi va u to`liq ishlashi kerak.Bu tizim natijali bo`lishi,kasallanganlar soni kam bo`lishi ta`minlanishi hamda u ishonchli bo`lishi kerak” deb yozgan Farrar tvitterda.

“Biz tavakkal qilyapmiz. Bizda koronavirus bilan kasallanganlar va u bilan bog`liq o`limlar Evropaning boshqa mamlakatlaridan sezilarli darajada yuqori. Lekin, hukumat ochiqchasiga bu holatga bardosh bera olamiz, deya cheklovlarni yumshatishga qaror qildi. Bu siyosiy qaror” deydi Jon Edmunds.

Hozirgacha Birlashgan Qirollikda 48 migdan ortiq odam koronavirus qurboniga aylandi. Milliy statistika ofisi olib borgan tadqiqotiga ko`ra, Angliyada haftasiga 54 ming kishi koronavirusni yuqtirib olmoqda.

    Boshqa yangiliklar