AsosiyDunyo

Madinada “Masjidun Nabaviy” masjidi rasman ochildi

'Madinada “Masjidun Nabaviy” masjidi rasman ochildi'ning rasmi

Bugun, 31 maydan boshlab Saudiya Arabistonidagi masjidlar ochila boshladi. Xususan Madinada shahridagi “Masjidun Nabaviy” masjidi rasman ochildi. Bu haqda 30 may kuni, Islomiy ishlar vaziri Abdul Latif bin Abdil Aziz al-Shayx ma`lum qildi. Saudiya Arabistoni matbuot agentligidan manba olib, Islam.ru nashri xabar bermoqda.

Vazirning ta`kidlashi bo`yicha, masjidlar tayyorgarlikni tugatgan va juda yaxshi holatda. Shu bilan birga masjidining joylashishi 40 foizdan oshmasligi kerak.

Eslatib o`tamiz, Saudiya Arabistonidagi asosiy islomiy ziyoratgohlar 20 martdan beri yopilgan. Bugungi kunda qirollikda 82 mingta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 57 ming kishi tuzaldi, 458 bemor vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar