1

Urgutda 5 000 AQSh dollarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lgan “valyutafurush” ushlandi

Jinoyat 31.05.2020, 19:04
Urgutda 5 000 AQSh dollarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lgan “valyutafurush” ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.I. fuqaro U.S.ga 5 000 AQSh dollarini 51 mln so`mga sotgan vaqtida ushlangan, tadbir davomida 5 770 AQSh dollari,
200 Rossiya rubli hamda 3,7 mln so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1