1

“Janubiy Farg`ona” kanalidan ayol kishining jasadi chiqdi. Marhum kecha opasinikiga borish uchun uydan chiqib ketgan

Jamiyat 31.05.2020, 22:08
“Janubiy Farg`ona” kanalidan ayol kishining jasadi chiqdi. Marhum kecha opasinikiga borish uchun uydan chiqib ketgan

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidan oqib o`tuvchi “Janubiy Farg`ona” kanalidan ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda ""darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, kecha, 31 may kuni soat 06:30larda Buloqboshi tumani prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan Buloqboshi tumani “Baynalminal” MFY o`ramidan oqib o`tuvchi “Janubiy Farg`ona” kanalining GES-1-sonli to`g`onidan osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 60-70 larda bo`lgan shaxsi noma`lum ayol jasadi topilganligi haqidagi habar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, jasad Andijon shahrida istiqomat qiluvchi S.S.ga tegishli bo`lib, murda ekspert ishtirokida ko`zdan kechirilganida, uning yuzi, oyoqlarida tan jarohatlari bo`lgan. Ushbu jarohatlar suvga tushganidan so`ng “Janubiy Farg`ona” kanalining GES-1-sonli to`g`onida toshlar va temirga urilishi natijasida kelib chiqqani, ya`ni marhumning hayotiy davrda olinmaganligi ma`lum bo`lgan. 

Shuningdek, aniqlanishicha, marhum kecha, 30 may kuni Xo`jaobod tumanidagi opasinikiga borish uchun uydan chiqib ketgan. Biroq, u erga bormasdan qizlik uyi — Jalaquduq tumaniga borib, yoshlikdan katta bo`lgan Navoiy ko`chasiga borgan va  u erdan oqib o`tgan “Janubiy Farg`ona” kanaliga o`zini tashlab yuborgan.

Bundan tashqari, dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, S.S. viloyat psixonevrologiya dispanserida davolanib chiqqanligi va ruxiy xastaligi mavjud bo`lganligi ma`lum bo`lib, dispanserga tegishli so`rovnomalar yuborilgan.

"Jasad ekspertiza o`tkazishlik uchun viloyat sud-tibbiy ekspertizasi byurosiga yuborildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda", — deyiladi Bosh prokuratura Matbuot xizmati taqdim etgan ma`lumotda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1